23 iyu 09:18
Yangiliklar
CAFA U-15 championship: O'zbekiston yirik g'alaba bilan boshladi
Unda O'zbekiston, Eron, Turkmaniston, Afg'oniston, Qirg'iziston va Tojikistonning 15 yoshgacha bo'lgan terma jamoalari ishtirok etishmoqda.
Musobaqaning dastlabki turida Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi turkmanistonlik raqiblarni 4:1 hisobida mag'lub etdi.
Tojikiston terma jamoasi futbolchilari afg'onistonlik tengqurlari darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritgan bo'lsa, Eron – Qirg'iziston terma jamoalari o'yini 2:0 hisobida forslar foydasiga hal bo'ldi.
Turkmaniston U-15 – O'zbekiston U-15 – 1:4
Afg'oniston U-15 – Tojikiston U-15 0:3
Qirg'iziston U-15 – Eron U-15 0:2
Ertaga, 24 iyul kuni musobaqaning ikkinchi turi doirasida quyidagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi:
O'zbekiston U-15 – Tojikiston U-15
Afg'oniston U-15 – Qirg'iziston U-15
Turkmaniston U-15 – Eron U-15
Fikrlar