So’nggi yangiliklar

10:29Фазлиддин Ғоибназаров "сотилгани" ҳақида миш-миш тарқалган Ражаб Бутаев билан жангини эслади 0 09:5316 нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида қатнашади 0 09:18Бугун Осиё чемпионатида 6 боксчимиз рингга кўтарилади, бир жуфтликда ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз! 0 08:47Балогун ЖЧ-2026`даги дисквалификациясининг жанжалли тарзда бекор қилиниши бўйича баёнот берди 0 08:14Дастин Порье икки рақиб учун фаолиятини давом эттиришга тайёр 0 07:39Яхши хабар: Достон Бозоров UFC'га йўлланма берувчи Дана Уайтнинг Даъвогарлар сериясида қатнашиши кутилмоқда 0 07:11Дзюдочиларимизнинг дзюдо ватанидаги Осиё ўйинларида нечта медаль кўзлаётгани очиқланди 0 19:02"ФИФА ўзини кулгига қолдирмоқда" - Лотар Маттеус 0 18:39Бадиий гимнастикачиларимизнинг кейинги манзили Италия бўлади 0 18:18Муҳим янгилик: Таэквондо бўйича Жаҳон рейтинги тўлиқ янгиланди 0 17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0

10 iyu 07:25
Yangiliklar

Futbol

“CAFA U-16 championship” musobaqasining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Markaziy Osiyo futbol associaciyasi Prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan “CAFA U-16 championship” musobaqasiga bu yil Toshkent shahri mezbonlik qildi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston, Afg'oniston, Tojikiston hamda Qirg'izistonning 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoalari ishtirok etishdi.

Musobaqaga barcha terma jamoalar o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan holda tashrif buyurishganini murabbiylar shtabi o'yinlar oldidan muxlislarga eslatib turishdi. Bir biridan murosasiz kechgan bahslarda Usmon Toshev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi mazmunli o'yin ko'rsatib, barcha mehmon jamoalar ustidan yirik g'alabalarga erishdi.

Kecha turnirning so'nggi o'yinlari nihoyasiga etgach, yopilish hamda taqdirlash marosimlari bo'lib o'tdi. Taqdirlash marosimida Markaziy Osiyo futbol associaciyasi Prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice Prezidenti Umid Ahmadjonov, OFK vakili Vohid Kardani, PFL Bosh direktori Omon G'ofurov, O'FA Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, O'FA va MOFA mutasaddilari hamda boshqa martabali mehmonlar ishtirok etishdi.

Umid Ahmadjonov musobaqa g'olibiga hamda ishtirokchilarga kubok hamda medallarni topshirar ekan, barcha jamoalarni chiroyli o'yin hamda ijobiy natijalar bilan qutlab, ularga kelgusi musobaqalarda omad tiladi. SHuningdek, mehmon jamoalar murabbiylari musobaqani yuqori darajada tashkil etgani uchun MOFA Prezidenti hamda boshqa mutasaddilarga minnatdorchilik izhor qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing