22 apr 09:12
Yangiliklar
Candidates Tournament 2024. 17 yoshli Gukesh davogarlar turniri g'olibi!
Erkaklar va ayollar o'rtasidagi ushbu musobaqada 8 nafardan shaxmat yulduzlari jahon tojiga davogar nomini aniqlab berish uchun o'zaro dona surishdi.
Mukofot jamg'armasi 500 000 evroni tashkil qilgan musobaqaning erkaklar o'rtasidagi bahslarida amerikaliklar Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, hind grossmeysterlari Santosh Gujrati, Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanadha, ozarbayjonlik Nijat Abasov, franciyalik Alireza Firuzja hamda FIDE bayrog'i ostida qatnashgan Yan Nepomnyashiy o'z mahoratini namoyish etdi.
Kecha o'tkazilgan so'nggi 14-turning 3 ta partiyasida tomonlar murosaga kelishdi. Bitta partiyada g'olib aniqlandi. Peshqadam Gukesh Dommaradju so'nggi turda o'ziga kerakli durang natijaga erishib, yakunda 9 ochko bilan davogarlar turniri g'olibiga aylandi.
Bunga Gukeshning asosiy taqibchilari Fabiano Karuana (AQSH, 2803) va Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758)ning o'zaro durang o'ynagani ham yordam berib yubordi. Endi 17 yoshli Gukesh kuzda amaldagi jahon chempioni, xitoylik grossmeyster Din Lijenga qarshi jahon toji uchun dona suradi.
Candidates Tournament 2024. 14-tur natijalari
Xikaru Nakamura (AQSH, 2789) — Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) — 0,5:0,5
Fabiano Karuana (AQSH, 2803) — Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758) — 0,5:0,5
Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632) — Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — 0:1
Alireza Firudja (Franciya, 2760) — Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) — 0,5:0,5
Turnir jadvalidagi yakuniy holat:
1. Gukesh – 9 ochko
2-4. Nakamura, Nepomnyashiy, Karuana – 8,5
5. Pragnanandha – 7
6. Vidit – 6
7. Firudja – 5
8. Abasov – 3,5.
Malumot uchun, ushbu davogarlar turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmadi. Boisi, musobaqaning barcha sakkiz ishtirokchisi turli saralash turnirlari orqali yo'llanmani qo'lga kiritgandi.
Fikrlar