So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

11 apr 08:53
Yangiliklar

SHaxmat

Candidates Tournament 2024. 6-turdan keyin qo'shhokimlik davom etadi + FOTO

SHu kunlarda Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun Candidates Tournament 2024 turniri bo'lib o'tmoqda.

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi ushbu musobaqada 8 nafardan shaxmat yulduzlari jahon toji uchun davogar nomini aniqlab berish uchun o'zaro dona surishyapti.

Erkaklar o'rtasidagi turnirda amerikaliklar Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, hind grossmeysterlari Santosh Gujrati, Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanadha, ozarbayjonlik Nijat Abasov, franciyalik Alireza Firuzja hamda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Yan Nepomnyashiy o'z mahoratini namoyish etmoqda.

Xuddi 5-turda bo'lgani singari 6-turning ikki partiyasida tomonlar murosaga kelishdi. Qolgan ikki partiyada shaxmatchilarning biri g'alabaga erishdi. Peshqadam Yan Nepomnyashiy bu turda oq donalarda harakat qilib, amerikalik Fabiano Karuana bilan durangga imzo chekdi. 

Hindistonlik Gukesh Dommaradju ham bu turda murosa ko'chasini tanladi. U amerikalik Hikaru Nakamura bilan durang qayd etdi. Bugun o'tkaziladigan 7-tur oldidan Gukesh va Nepomnyashiy 4 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. 

Eslatib o'tamiz, 22 aprelga qadar davom etadigan ushbu turnir g'olibi amaldagi jahon chempioni, xitoylik grossmeyster Din Lijenga qarshi jahon toji uchun dona surish huquqini qo'lga kiritadi. 


Candidates Tournament 2024. 6-tur natijalari

Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) — Xikaru Nakamura (AQSH, 2789) — 1/2:1/2.

Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) — Alireza Firudja (Franciya, 2760) — 1:0.

Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — Nidjat Abasov (Ozarbayjon, 2632) — 1:0.

Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758) — Fabiano Karuana (AQSH, 2803) — 1/2:1/2.


Malumot uchun, ushbu davogarlar turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmayapti. Boisi, musobaqaning barcha sakkiz ishtirokchisi turli saralash turnirlari orqali yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing