So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

21 apr 09:29
Yangiliklar

SHaxmat

Candidates Tournament 2024. Gukesh finishga bir tur qolganda peshqadam bo'lib oldi

SHu kunlarda Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun Candidates Tournament 2024 turniri bo'lib o'tmoqda.

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi ushbu musobaqada 8 nafardan shaxmat yulduzlari jahon tojiga davogar nomini aniqlab berish uchun o'zaro dona surishyapti. 

Mukofot jamg'armasi 500 000 evroni tashkil qiluvchi musobaqaning erkaklar o'rtasidagi bahslarida amerikaliklar Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, hind grossmeysterlari Santosh Gujrati, Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanadha, ozarbayjonlik Nijat Abasov, franciyalik Alireza Firuzja hamda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Yan Nepomnyashiy o'z mahoratini namoyish etmoqda.

Kecha o'tkazilgan 13-turning 2 ta partiyasida tomonlar murosaga kelishdi. Yana ikkita partiyada bir tomonning g'alabasi qayd etildi. Peshqadam Yan Nepomnyashiy oq donalarda yaqin taqibchilaridan biri amerikalik Hikaru Nakamura bilan durang o'ynadi. Bundan Gukesh unumli foydalanib qoldi. Hindistonlik grossmeyster Alireza Firudjani mag'lub etib, 8,5 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib oldi. 

Nepomnyashiy, Nakamura va Karuana 8 ochkodan jamg'arib, 2-4-o'rinlarni band etishgan. SHu to'rt nafar shaxmatchi so'nggi turda g'oliblik uchun bahs olib boradi. Lekin bu borada Gukeshning imkoniyati biroz yuqori. Bugun o'tkaziladigan oxirgi turda u qora donalarda Hikaru Nakamuraga qarshi bahs olib boradi. Fabiano Karuana esa oq donalarda Yan Nepomnyashhiy bilan hisob-kitob qiladi. Mana shu ikki partiyada davogar nomini aniqlab beradi.

Eslatib o'tamiz, ushbu turnir g'olibi amaldagi jahon chempioni, xitoylik grossmeyster Din Lijenga qarshi jahon toji uchun dona surish huquqini qo'lga kiritadi. 


Candidates Tournament 2024. 13-tur natijalari

Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758) — Xikaru Nakamura (AQSH, 2789) — 1/2:1/2

Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — Fabiano Karuana (AQSH, 2803) — 0:1

Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) —  Nidjat Abasov (Ozarbayjon, 2632) — 1/2:1/2

Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) — Alireza Firudja (Franciya, 2760) — 1:0.

13-turdan keyingi turnir jadvalidagi holat:

1. Gukesh – 8,5 ochko

2-4. Nepomnyashiy, Nakamura, Karuana – 8 

5. Pragnanandha – 6

6. Vidit – 5,5

7. Firudja – 4,5

8. Abasov – 3,5.

Candidates Tournament 2024. 14-tur juftliklari

Xikaru Nakamura (AQSH, 2789) — Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) 

Fabiano Karuana (AQSH, 2803) — Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758)

Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632) — Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747)

Alireza Firudja (Franciya, 2760) — Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727)   

 

Malumot uchun, ushbu davogarlar turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmayapti. Boisi, musobaqaning barcha sakkiz ishtirokchisi turli saralash turnirlari orqali yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing