So’nggi yangiliklar

18:28Шок хабар: фигурали учувчилар Екатерина Гейниш ва Дмитрий Чигирёв жуфтлиги ажралиши айтиляпти, спортчилар Хитой Гран-присида иштирок этмаслиги аниқ! 0 18:07Жаҳон рейтинги янгиланди: таэквондочиларимизнинг ҳолати қандай? 0 17:46АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади 0 17:23Мужибилло Турсунов WBC Гран-присидаги ғалабали юришини давом эттирди 0 16:59UFC жангчиларнинг гонорар ва бонусларини оширади 0 16:38ATFC кейинги турнирини Гулистонда ўтказади 0 16:17Иноуэ — Аҳмадалиев жанги учун чиқарилган чипталар икки соатда сотиб бўлинди 0 15:56Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифига жавоб берди 0 15:35Конор Макгрегор: "Хайр, PPV! Мен қирол эдим" 0 15:14Ўзбекистон пара каноэ терма жамоаси Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 14:53Нурсултон Рўзибоев: "Менда ҳам тил бор" 0 14:32Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди 0 14:11"Мен овчиман, қурбон эмас" - Дю Плесси Чимаевга қарши жанг ҳақида 0 13:50Шара Буллет навбатдаги жангини қачон ўтказиши ҳақида гапирди 0 13:29Анвар Анваров Венгриядаги турнирда бронза медалини қўлга киритди 0

12 apr 10:47
Yangiliklar

SHaxmat

Candidates Tournament 2024. Nepomnyashiy yakka peshqadam FOTO + JADVAL

SHu kunlarda Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun Candidates Tournament 2024 turniri bo'lib o'tmoqda.

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi ushbu musobaqada 8 nafardan shaxmat yulduzlari jahon tojiga davogar nomini aniqlab berish uchun o'zaro dona surishyapti. Erkaklar o'rtasidagi turnirda amerikaliklar Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, hind grossmeysterlari Santosh Gujrati, Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanadha, ozarbayjonlik Nijat Abasov, franciyalik Alireza Firuzja hamda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Yan Nepomnyashiy o'z mahoratini namoyish etmoqda.

Kecha o'tkazilgan 7-turning 3 ta partiyasida tomonlar murosaga kelishdi. Faqat bitta partiyada Alireza Firudja g'alaba qozondi. Franciyalik shaxmatchi hindistonlik Gukeshni taslim etdi. Aynan Gukeshning mag'lubiyati Yan Nepomnyashiyga qo'l keldi. Rossiyalik grossmeyster qora donalarda amerikalik Hikaru Nakamura bilan murosaga keldi va turnir jadvalida 4,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Fabiana Karuana, Gukesh Dommaradju va Rameshbabu Pragnanandha hisobida 4 tadan ochko bor. 

Eslatib o'tamiz, 22 aprelga qadar davom etadigan ushbu turnir g'olibi amaldagi jahon chempioni, xitoylik grossmeyster Din Lijenga qarshi jahon toji uchun dona surish huquqini qo'lga kiritadi. 

Candidates Tournament 2024. 7-tur natijalari

Xikaru Nakamura (AQSH, 2789) — Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758) — 1/2:1/2

Fabiano Karuana (AQSH, 2803) — Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — 1/2:1/2

Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632) — Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) — 1/2:1/2

Alireza Firudja (Franciya, 2760) — Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) — 1:0.

7-turdan keyingi turnir jadvalidagi holat:

1. Yan Nepomnyashiy – 4,5 ochko

2-4. Karuana, Gukesh, Pragnanandha – 4

5-6. Vidit, Nakamura – 3,5

7. Firudja – 2,5

8. Abasov – 2


Candidates Tournament 2024. 8-tur juftliklari

Xikaru Nakamura (AQSH, 2789) — Fabiano Karuana (AQSH, 2803)

Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758) — Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632)

Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — Alireza Firudja (Franciya, 2760)

Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) — Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) 

Malumot uchun, ushbu davogarlar turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmayapti. Boisi, musobaqaning barcha sakkiz ishtirokchisi turli saralash turnirlari orqali yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing