So’nggi yangiliklar

15:19Қиличбозларимиз Рио де Жанейродаги ёшлар Жаҳон чемпионатида қатнашади, таркибда легионер спортчи ҳам бор 0 14:58"Артур 100 ёшга тўлишини кутишмоқда" — Бетербиев мураббийи Бивол жамоасини танқид қилди 0 14:49Баҳодирлар ўйинлари ва тош кўтариш федерациясида нима янгиликлар? 0 14:28Эрондагилар ФИФА баёнотига муносабат билдирди 0 14:05Актенге, Лайлохон, Нигина ва бошқалар Осиё чемпионатига боради (Тўлиқ таркиб) 0 13:42"Бу хиёнат" — Трампга овоз берган собиқ UFC чемпиони Эрон билан урушни танқид қилди 0 13:20Фомин Хитойда чорак финалга чиқди 0 12:58Суперлига. Бугун 5-турга старт берилади 0 12:37Флойд Мейвезер — тарихдаги энг кўп маош олувчи боксчи. Топ-10`да кимлар бор? 0 12:17Осиё чемпионати. Уч нафар боксчимизнинг барида ғалаба 0 12:16Теренс Кроуфорд қайси боксчи ўзидан буюкроқ эканлигини айтди 0 11:55Полина Кудерметова дунёнинг 24-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 11:34"Ливерпуль"да катта хушхабар: Александер Исак сафга қайтди 0 10:52Лайма Владсон Шарм Ал-Шейхда муваффақиятли старт олди 0 10:31Девин Хейни: "Бу боксдаги энг йирик жанг!" 0

14 apr 11:28
Yangiliklar

SHaxmat

Candidates Tournament 2024. Nepomnyashiyga etib olishdi FOTO + JADVAL

SHu kunlarda Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun Candidates Tournament 2024 turniri bo'lib o'tmoqda.

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi ushbu musobaqada 8 nafardan shaxmat yulduzlari jahon tojiga davogar nomini aniqlab berish uchun o'zaro dona surishyapti. 

Mukofot jamg'armasi 500 000 evroni tashkil qiluvchi musobaqaning erkaklar o'rtasidagi bahslarida amerikaliklar Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, hind grossmeysterlari Santosh Gujrati, Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanadha, ozarbayjonlik Nijat Abasov, franciyalik Alireza Firuzja hamda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Yan Nepomnyashiy o'z mahoratini namoyish etmoqda.

Kecha o'tkazilgan 8-turning 2 ta partiyasida tomonlar murosaga kelishdi. Qolgan ikki partiyada Gukesh va Nakamura muhim g'alabalarini qo'lga kiritishdi. Dommaradju qora donalarda o'ynashiga qaramay, Hindiston derbisida Vidit Gudjratidan ustun keldi va ochkolarini peshqadam Yan Nepomnyashiyga etkazib oldi. Jahon chempionatining o'tgan yilgi finalchisi hisoblangan Yan 8-turda oq donalarda o'ynasa-da, autsayder Nidjat Abasovni enga olmadi. 


Candidates Tournament 2024. 8-tur natijalari

Xikaru Nakamura (AQSH, 2789) — Fabiano Karuana (AQSH, 2803) — 1:0

Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758) — Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632) — 1/2:1/2

Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — Alireza Firudja (Franciya, 2760) — 1/2:1/2.

Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) — Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) — 0:1.

Eslatib o'tamiz, 22 aprelga qadar davom etadigan ushbu turnir g'olibi amaldagi jahon chempioni, xitoylik grossmeyster Din Lijenga qarshi jahon toji uchun dona surish huquqini qo'lga kiritadi. 

8-turdan keyingi turnir jadvalidagi holat:

1-2. Yan Nepomnyashiy, Gukesh – 5 ochkodan

3-4. Nakamura, Pragnanandha – 4,5 

5. Karuana – 4

6. Vidit – 3,5

7. Firudja – 3

8. Abasov – 2,5.

Candidates Tournament 2024. 9-tur juftliklari

Alireza Firudja (Franciya, 2760) — Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758)

Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) — Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747)

Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) — Xikaru Nakamura (AQSH, 2789) 

Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632) — Fabiano Karuana (AQSH, 2803)

 

Malumot uchun, ushbu davogarlar turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmayapti. Boisi, musobaqaning barcha sakkiz ishtirokchisi turli saralash turnirlari orqali yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing