02 sen 10:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Carukyan UFC`dagi qaysi qoidani o'zgartirmoqchi ekanini aytdi
Rossiya-armanistonlik Arman Carukyan UFC 331 turnirida braziliyalik Maurisio Ruffiga qarshi jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Arman agar aralash yakkakurashlarda bitta qoidani o'zgartirish imkoniyati bo'lganida, raundlarni bekor qilardim, deb aytdi.
"Raundlar bo'lmasligi kerak. SHunchaki 25 daqiqaga chiqasan. Raundlar yo'q, to'xtalishlar yo'q. Xuddi haqiqiy ko'cha jangi kabi", — dedi Carukyan UFC`ning "Deep Water" podkastida.
Malumot uchun, 29 yoshli Arman Carukyanning professional MMA rekordida 23 ta g'alaba (shundan 15 tasi muddatidan oldin) va uchta mag'lubiyat bor. "Betmen" professional sifatida aralash yakkakurashlardagi debyutini 2015 yil sentyabrida o'tkazgan. UFC bilan esa 2019 yil aprelidan hamkorlik qila boshlagan. U erkin kurash va MMA bo'yicha sport ustasi hisoblanadi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar