05 okt 07:10
Yangiliklar
Tennis

CAS Mariya SHarapovaning diskvalifikaciyasini qisqartirdi
Sport arbitraj sudi (CAS) rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapovaning 2 yillik diskvalifikaciyasini qisqartirdi.
SHarapova shu yilning 8 iyun kuni Xalqaro tennis federaciyasi (ITF) tomonidan 2 yilga barcha turdagi tennis faoliyatidan chetlatilgan edi. Mashaning qon tarkibidan taqiqlangan meldoniya moddasi topilgandi.
Jazoni o'tash muddati 2016 yilning 26 yanvaridan kuchga kirgandi. 14 iyun kuni esa dunyoning sobiq birinchi raketkasi ITF qarori yuzasidan Sport arbitraj sudiga shikoyat xati bilan murojaat qilgan edi.
CAS ishni ko'rib chiqib, SHarapovaning 2 yillik diskvalifikaciyasini 2 yildan 1 yilu 3 oyga kamaytirdi. Endi SHarapova 2017 yilning 26 aprel kunidan musobaqalarda ishtirok etishi mumkin bo'ladi.
Havola :
Fikrlar