23 may 08:47
Yangiliklar
Futbol

Ceytlin JCH-2022 saralashida hakam nazoratchisi sifatida ishlaydi
Joriy yilning iyun oyida Osiyo qitasida Jahon chempionati-2022 musobaqasi 1-saralash bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi.
Jumladan, 6 iyun kuni Laos terma jamoasi o'z maydonida Bangladeshni qabul qiladi. Mazkur o'yinda O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti etakchi mutaxassisi Vladislav Ceytlin hakam nazoratchisi bo'lib ishlaydi.
Vladislav Ceytlin shu yilning 14-18 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan hakamlar nazoratchilari va instruktorlar uchun tashkil qilingan o'quv kurslarida tahsil olgani haqida avval xabar berib o'tgandik.
Laos - Bangladesh uchrashuvini xitoylik hakam Xo Vay Sin boshqaradi. Unga qanotlarda Amarjit Sarao va Yuk Lo Min yordam berishadi. To'rtinchi hakam Lau Fon Xei.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar