12 dek 10:39
Yangiliklar
Champions Chess Tour. Nodirbek Abdusattorov Kanadadagi superturnirda Nakamurani engdi, So bilan durang o'ynadi
Umumiy mukofot jamg'armasi 500 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning final bosqichida dunyoning sakkiz nafar kuchli grossmeysteri qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.
Kecha o'tkazilgan beshinchi va oltinchi tur uchrashuvlarida Nodirbek amerikalik nomdor grossmeysterlarga qarshi dona surdi. Abdusattorov Hikaru Nakamurani 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uesli So bilan esa uchchala partiyada durang o'ynadi.
Hozircha musobaqa doirasida 6 ta tur ortda qoldi. Abdusattorov 6-turdan so'ng 3 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Uesli So 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Magnus Karlsen 5 ochko bilan ikkinchi, Fabiano Karuana 5 ochko bilan uchinchi o'rinni band etgan.
Abdusattorov musobaqada hozirgacha qayd etgan natijalar:
Nodirbek Abdusattorov - Alirizo Firudja 0,5:1,5
Nodirbek Abdusattorov - Magnus Karlsen (Norvegiya) 1:2
Nodirbek Abdusattorov - Denis Lazavik (Belarus) 2:1
Nodirbek Abdusattorov - Fabiano Karuana (AQSH) 2:0
Nodirbek Abdusattorov - Hikaru Nakamura (AQSH) 2:1
Nodirbek Abdusattorov - Uesli So (AQSH) 1,5:1,5
Nodirbekning navbatdagi raqibi bilan tanishing:
7-tur: Maksim Vasher-Lagrav (Franciya)
Fikrlar