So’nggi yangiliklar

17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0

13 dek 10:11
Yangiliklar

SHaxmat

Champions Chess Tour. Nodirbek Abdusattorov Kanadadagi superturnirning 1/2 finalida o'ynaydi

Kanadaning Toronto shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha "Champions Chess Tour Finals 2023" turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Umumiy mukofot jamg'armasi 500 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning final bosqichida dunyoning sakkiz nafar kuchli grossmeysteri qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2727) ham ishtirok etmoqda. 

Kecha o'tkazilgan so'nggi ettinchi turda Nodirbek franciyalik Maksim Vashe-Lagrav (2771)ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Dastlabki ikki partiyada durang natija qayd etildi. Hal qiluvchi uchinchi partiyada qora donalarda harakat qilgan Abdusattorov reytingda o'zidan yuqorida turgan raqibini mag'lubiyatga uchratdi va guruh bosqichini 4-o'rinda yakunladi. 

So'nggi turda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen franciyalik Alireza Firuzjadan 2:1 hisobida ustun keldi. Amerikalik Uesli So yagona mag'lubiyatini aynan 7-turda vatandoshi Fabiano Karuanadan qabul qilib oldi. Garchi 1:2 hisobida yutqazgan bo'lsa-da, So Magnus Karlsen bilan birga to'g'ridan-to'g'ri 1/2 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Karlsen ham yagona mag'lubiyatini aynan Ueslidan qabul qilib olgandi. 

Musobaqa reglamentiga ko'ra 3-6 o'rinni egallagan jamoalar o'zaro yarim finalning ikki chiptasi uchun bahs olib borishdi. Guruhda to'rtinchi o'rinni band etgan Abdusattorov Survival bosqichida dastlab Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib bordi. Birinchi partiyada Fabiano, ikkinchisida Nodirbek zafar quchdi. G'olib nomini aniqlab bergan armagedon partiyasida Karuananing qo'li baland keldi. Ikkinchi juftlikda Hikaru Nakamura Maksim Vashe-Lagravdan armagedon partiyasida ustun keldi. Yarim finalning so'nggi ishtirokchisini aniqlab bergan mag'lublar uchrashuvida esa Abdusattorov Nakamurani engdi. Ikki partiyada durang qayd etildi, armagedonda esa Nodirbek chiroyli g'alabaga erishib, 1/2 finalning so'nggi ishtirokchisiga aylandi. 

Demak, 1/2 finalda Magnus Karlsen Fabiano Karuanaga, Nodirbek Abdusattorov Uesli Soga qarshi dona suradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing