19 mar 13:26
Yangiliklar

CHarlz Oliveyra Jastin Getji bilan jang qilish rejasini oshkor qildi
"Murabbiyim doimo shikoyat qiladi: “Biz jang rejasini tuzyapmiz, lekin CHarlz Oliveyra oktagonga chiqib, oldinga boradi deb. Ha, men jarohat olish-olmasligimdan qati nazar, faqat oldinga boraman. Hamma ehtiyot bo'lishim kerakligini, raqibimni parterda ushlashim kerakligini aytadi, lekin men bu haqda tashvishlanmayman, chunki men o'z kuchimga ishonaman. Mening qo'limda dinamit bor, men uni bir necha bor ko'rsatganman.
Urush bo'ladi. U ham oldinga boradi, men ham. Keling, buni o'sha oqshomda ko'ramiz. Murabbiyimni birinchi raunddan turib jang qilishim haqida ogohlantirib qo'ydim. Odamlar meni ahmoq deb o'ylashlari mumkin, lekin men unday emasman. Men shunchaki MMA jangchisi kabi harakat qilaman. U oldinga boradi, men ham, kimning zarbasi qattiqroq va jag'i kuchliroq ekanini bilib olamiz",-dedi chempion.
Fikrlar