10 iyu 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA
CHarlz Oliveyrani birgina jarohat 2 mln dollardan ayirib qolgani malum bo'ldi
Engil vaznda sobiq UFC chempioni, braziliyalik aralash yakkakurash ustasi CHarlz Oliveyra UFC 295 turniri doirasida amaldagi chempion Islam Maxachev bilan jang qilishi mumkin bo'lgan.
Aslida, ular o'rtasidagi ikkinchi jang UFC 294 turniri doirasida bo'lib o'tishi lozim edi, biroq CHarlz turnir oldidan jarohat olgan va jang bekor bo'lgandi.
Bu paytda esa UFC 295 turnirining markaziy qarama-qarshiligi — Jon Jons va Stipe Miochich jangi ham bekor bo'ladi. UFC bosslari esa CHarlzga musobaqa doirasida Islam Maxachev bilan jang qilishni taklif etadi, biroq u jarohatidan forig' bo'lib ulgurmaydi.
Malum bo'lishicha, CHarlz Oliveyra UFC 295 turniri doirasida Islam Maxachev bilan jang qilganida, u 2 mln dollar gonorar ishlab olishi mumkin edi.
Havola :
Fikrlar