So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

24 avg 18:20
Yangiliklar

Futbol

“CHarm to'p-2019”. Final ishtirokchilari malum

26-31 iyul kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar tuman(shahar)larida mahallalararo 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida o'tkazilgan “CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining birinchi bosqichida respublikamizning 9 098 ta mahallasidan 7 125 talabnoma asosida 106 875 nafar yoshlar ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi Yoshlar o'rtasida “CHarm to'p” ananaviy futbol musobaqasini o'tkazishga bag'ishlangan 1-sonli majlis bayoni ijrosini taminlash yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3031-son qarori, 2019 yil 19 mart kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanat, sport, axborot-texnologiyalari, kitob o'qishga qiziqishini oshirish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to'g'risida”gi majlis bayoni ijrosini taminlashda ikkinchi yo'nalish bo'yicha yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida “CHarm to'p” ananaviy futbol musobaqasining nizomiga asosan, Jismoniy tarbiya va sport hamda Madaniyat vazirliklari, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol associaciyasi va yana qator tashkilotlar hamkorligida 4 bosqichli futbol musobaqalarining quyi bosqichlari tashkil etildi va o'tkazildi.

2019 yil 26-31 iyul kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar tuman(shahar)larida mahallalararo 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida o'tkazilgan “CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining birinchi bosqichida respublikamizning 9 098 ta mahallasidan 7 125 talabnoma asosida 106 875 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur musobaqaning 2-bosqichi 2-10 avgust kunlari oralig'ida o'tkazilishi belgilangan bo'lib, bunda mahallalararo bosqichidan g'olib bo'lgan jamoalar tuman (shahar) bosqichlarida ishtirok etishdi.

“CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining 10-20 avgust kunlariga belgilangan uchinchi bosqichida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri kesimida g'oliblar aniqlab olindi. SHuni takidlash joiz, uchinchi bosqich o'yinlari hududiy maydoni ancha katta ayrim viloyatlarda avval mintaqaviy bosqichlarda o'tkazilib, so'ngra mintaqa g'oliblari yakuniy Respublika bosqichiga chiqadigan jamoani aniqlab olish uchun o'zaro bahslashdi.

25 avgustdan poytaxtimizda “CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining hal qiluvchi to'rtinchi bosqichiga start beriladi. Bunda saralash bahslari yakuniga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri kesimida g'olib chiqqan 14ta eng kuchli jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

“CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining Respublika bosqichida ishtirok etadigan jamoalar ro'yxati:

Andijon viloyati – “Yakkatut” MFY, SHahrixon tumani;

Buxoro viloyati – “Nekkeshi” MFY, SHofirkon tumani;

Jizzax viloyati – “G'allaorol” MFY, G'allaorol tumani;

Namangan viloyati – “Navkent” MFY, Yangiqo'rg'on tumani;

Samarqand viloyati – “O'rikzor” MFY, Kattaqo'rg'on tumani;

Sirdaryo viloyati – “Ettiguzar” MFY, Xovost tumani;

Farg'ona viloyati – “Baxrin” MFY, Marg'ilon shahri

Toshkent viloyati – “SHodlik” MFY, Yuqori CHirchiq tumani;

Qashqadaryo viloyati – “Oqqamish” MFY, Kasbi tumani;

Qoraqalpog'iston Respublikasi – “Do'stlik” MFY, Taxiatosh tumani;

Toshkent shahri – “Iqbol” MFY, Bektemir tumani

Surxondaryo viloyati – “SHerobod” MFY, SHerobod tumani;

Navoiy viloyati – “Navbahor” MFY, Navbahor tumani

Xorazm viloyati – “Muxomon” MFY, Hazorasp tumani.

Musobaqaning guruh bosqich hamda pley-off o'yinlari 25-27 avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda tashkil etilsa, nihoyat final uchrashuvi 28 avgust kuni soat 18:00da “Milliy” stadionda boshlanadi. Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida o'yinlarga kirish bepul etib belgilandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing