So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

24 avg 20:05
Yangiliklar

Futbol

“CHarm to'p-2019”: Respublika bosqichiga qura tashlandi

Avval xabar berganimizdek, “CHarm to'p-2019” futbol musobaqasining final bosqichi Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

Musobaqaning final o'yinida ishtirok etish uchun jamoalar Toshkentga etib kelishdi. Musobaqa mehmonlarini yuqori saviyadagi tayyorgarlik bilan kutib olish marosimlari tashkil etildi.

Biroz avval “Milliy” stadionning anjumanlar zalida “CHarm to'p-2019” futbol musobaqasining final bosqichida ishtirok etadigan jamoalar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

 

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari O.Kasimov, O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti R.Ermatov, “CHarm to'p” musobaqalari orqali katta futbolga kirib kelgan o'zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri, hozirda O'FA qoshidagi Faxriylar kengashi raisining o'rinbosari To'lagan Isoqovlar ishtirok etdi.

· Biz bejizga bu turnirni o'tkazish uchun mamlakatimizning bosh arenasi – “Bunyodkor” stadionini tanlamadik, - dedi matbuot anjumanida so'z olgan Oybek Kasimov. – “CHarm to'p” musobaqasi havaskorlar o'rtasida o'tkaziladi. Havaskor darajadagi futbolchilarga milliy terma jamoa azolari to'p tepgan stadionda javlon urish – ularning orzulari ushalishi sari muhim qadam vazifasini o'tab beradi. Ajab emaski, ushbu musobaqadagi ishtirokidan keyin havaskorlarda ham katta futbolchi bo'lish ishtiyoqi tug'ilsa. Qolaversa, o'yinlarni professional hakamlar, qaysiki Superliga, Pro-liga bahslari, qolaversa xalqaro maydonlarda vatanimiz nomini ulug'lab kelayotgan referilarimiz boshqarishadi. Yana bir sirni ochmoqchiman, final o'yinini hozirda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Ravshan Ermatov boshqaradi. SHunday ekan, finalga chiqqan jamoalar maydonda jahon rekordchisi bilan yonma yon harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'ylaymanki, bu ham har bir ishtirokchi jamoaga qo'shimcha shijoat bag'ishlaydi.

Qura natijalari quyidagicha ko'rinish oldi:

“A” guruhi

1. “Muxoman” (Xorazm)

2. “SHerobod” (Surxondaryo)

3. “G'allaorol” (Jizzax)

4. “CHelachi” (Navoiy)

“B” guruhi

1. “Iqbol” (Toshkent.sh)

2. “O'rikzor” (Samarqand)

3. “Baxrin” (Farg'ona)

4. “Ettiguzar” (Sirdaryo)

“S” guruhi

1. “Oqqamish” (Qashqararyo)

2. “SHodlik” (Toshkent.v)

3. “Nekkeshi” (Buxoro)

“D” guruhi

1. “Do'stlik” (Qoraqalpog'iston)

2. “Yakkatut” (Andijon)

3. “Navkent” (Namangan)

Eslatib o'tamiz, 25 avgustdan Respublika bosqichi boshlanadi. 28 avgust kuni esa final o'yini bo'lib o'tadi.

Yurtdoshlarimizni mamnuniyat ila ushbu musobaqaga taklif qilib qolamiz. Marhamat tashrif buyuring, sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlang va futbol bayramidan bahramand bo'ling.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing