01 noy 13:38
Yangiliklar
CHavandozlarimiz Moskvadagi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
Ahamiyatlisi, unda chavandozlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Musobaqaning birinchi kunida yosh sportchimiz Boburjon Valijonov “Lady” laqabli otda to'siqlar balandligi 100 sm bo'lgan yo'nalishda g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu yo'nalishda kumush va bronza medallari “Lamark” va “Luidor” nomli otlarda ishtirok etgan Rossiya sportchisi Artur Fokaga nasib etdi.
Ikkinchi kungi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi azosi Umid Komilov Evrosiyo ligasi Jahon kubogi finalida 150 sm balandlikdagi to'siqlardan o'tish dasturida “Numbero Uno Rafael” laqabli otda g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritdi. “Las-Vegas” otida ishtirok etgan Seregy Petrov kumush medal bilan taqdirlangan bo'lsa, “Kuarendji” tulpori Natalya Semyonovaga bronza medalini keltirdi.
Ahamiyatlisi, Bobur Valijonov 110 sm balandlikdagi to'siqlar dasturida ham eng yaxshi natijani qayd etib, birinchi o'ringa sazovor bo'ldi.
Fikrlar