So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

01 mar 20:00
Yangiliklar

Ot Sporti

CHavandozlarimiz Qatar turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Ketma-ket ikki yildirki, Qatarning Doxa shahridagi “Al SHakab” ot sporti kompleksi ushbu sportining konkur yo'nalishi bo'yicha “Longines Global Champions Tour ” turniriga mezbonlik qilib kelmoqda.

Ahamiyatilsi, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisi vazifasini bajaruvchi Bahromjon Gaziev boshchiligida sportchilarimiz ham ushbu musobaqada qatnashishdi.

Takidlab o'tish joizki, “Longines” turkumidagi musobaqalar dunyo miqyosida katta obro'li sport musobaqasi hisoblanadi. Unda sayyoramizning eng sara chavandozlari bellashishadi. 26-29 fevral kunlari o'tkazilgan musobaqada dunyoning 25 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan 150 nafardan ziyod sportchilari qatnashdi. 

Turnir yakunlariga ko'ra “Longines Hathab – Medium Tour 2020” 120-120 sm bo'lgan to'siqlardan sakrash bellashuvlarida xamyurtimiz Oqil Sobirjonov eng yuqori natijalardan biri bilan ushbu turnirning kumush medaliga sazovor bo'ldi. “Longines Hathab – Open Class 2020” 115-125 sm bo'lgan musobaqada Baxromjon Gaziev chavandoz sifatida qatnashib, 73 ta sportchi orasida kuchli o'nlikka kirdi. 

Musobaqaning eng quvonarli xabarlaridan biri balandligi 130-145 sm bo'lgan to'siqlardan sakrash musobaqasida Abdushukur Sobirjonovning oltin medal sohibiga aylanishi bo'ldi. Hamyurtimiz Oqil Sobirjonov ham ushbu musobaqada qatnashib kuchli to'rttalikdan joy oldi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta hamyurtlarimiz Evropa arenalarida o'tgan musobaqada ham yuqori o'rinlarni egallashgan edi. Mazkur oyda sportchilarimizning yana bir qator turnirlarda yurtimiz sharafini himoya qilishlari rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing