So’nggi yangiliklar

13:51Жавоҳир Синдаров: "Ҳаяжондаман!" 0 13:20"Уларга ҳакамнинг бағрикенглиги қўл келди". Моуринью ҳакамни танқид қилди 0 12:49Гандбол. Осиё чемпионатида кетма-кет иккинчи ғалабага эришдик! 0 12:18RAF 15 турнирининг барча натижалари: Царукян камарини ҳимоя қилди. Сехудочи? 0 11:47Арман Царукян иштирокидаги баҳс бир дақиқадан камроқ давом этди 0 11:16Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Алавес"га мағлуб бўлди 0 10:45Бокс. Бугун Жаҳон кубогида 7 нафар боксчимиз жанг қилади 0 09:34Нодирбек Абдусатторов ғалаба эвазига Лондон турнири пешқадамига айланди 0 08:03Фомин Hersonissos Challenger турнирида чемпион бўлди 0 07:32"Манчестер Юнайтед" ўз майдонида шармандали ҳисобда мағлуб бўлди 0 07:01Майкл Моралес: "Ислам Махачевдан ҳеч қандай таҳдид кўрмаяпман" 0 21:58Зокиров билан жанг қиладиган Мокаев: "UFC октагони ташқарисида ўн баробар кўпроқ пул ишлаяпман" 0 20:29Тошкентда шахмат бўйича "Ўзбекистон президенти кубоги" халқаро турнири старт олди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:51Суперлига. "Нефтчи" - Ўзбекистон чемпиони! 0 19:00Бокс. Тошкентда Жаҳон кубоги бошланди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0

06 sen 12:41
Yangiliklar

Ot Sporti

“CHegarachilar” polo bo'yicha “Mustaqillik kubogi”ni qo'lga kiritdi

Toshkentda Qorabayir zotli otlarning birinchi milliy festivali va polo bo'yicha “Mustaqillik kubogi” bo'lib o'tdi.

Uch kun davom etgan musobaqada yurtimizning eng sara 10 jamoasi g'oliblik uchun bahs olib bordi. Hal qiluvchi bosqichda uchinchi o'rin uchun “Nest One Qorabayir Milliy brendi” va Milliy Gvardiya jamoalari kuch sinashgan bo'lsa, bosh sovrin uchun “CHegarachilar” “Temir yo'llari” jamoasi bilan raqobatlashishdi.

Uchinchi o'rin uchun kechgan kurashda “Nest One Qorabayir Milliy brendi” 6:2 hisobida ustun kelib, raqibini katta farq bilan mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Final esa o'z nomiga yarasha o'ta murosasiz va keskin kurashlarga boy kechdi. Yakunda 1 ta to'p farqi bilan ustun kelgan “CHegarachilar” 5:4 hisobida ustun kelib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida so'z olgan mutasaddilar barchani Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan muborakbod etib, polo sportining yurtimizda yanada rivojlanayotganini alohida takidlab o'tishdi. SHuningdek, bu kabi turnirlarni muntazam o'tkazib, uni ananaga kiritish rejasi haqida to'xtalishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing