20 fev 17:25
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi" etakchilaridan biri "Bavariya" va "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
"CHelsi" o'yinchisi Ngolo Kante APL 26-tur doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
O'yinchi maydonda atigi 10 daqiqa harakat qildi. Xabarlarga ko'ra, franciyalik yarim himoyachi mushaklarini shikastlab olgan va uning tiklanishi uchun 2-3 hafta ketadi.
SHunday ekan, Ngolo Kante CHempionlar Ligasi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yinni, shuningdek APL doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, "CHelsi" "Lacio" yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichga qiziqish bildirmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar