29 sen 15:12
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi" futbolchisi ijaraga yo'l olishi mumkin
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoa yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHikning ijara asosida boshqa jamoaga o'tishi mumkinligini aytdi.
"Men Ruben bilan ochiqman, o'tgan hafta bizda ko'p suhbatlar bo'ldi. U so'nggi paytlarda yaxshi ishladi, ammo unga ko'proq o'yin amaliyoti kerak. Agar karantin bo'lmaganda, oldinroq o'ynagan bo'lardi.
Biz Rubenning ko'proq maydonga tushishi uchun uni boshqa joyga qo'yib yuboramiz. Men Ruben uchun ham, biz uchun ham eng yaxshi variantni qidirmoqdaman.
Unda qiyin paytlar bo'ldi. Jarohat og'ir edi. U "CHelsi"da turli sabablarga ko'ra, xohlaganidek ko'p daqiqa o'ynamadi. Jarohatlarga qadar u juda yaxshi o'ynadi va o'z hissasini qo'shdi", - deydi Lempard.
Havola :
Manba : The Guardian
Fikrlar