25 dek 09:51
Yangiliklar
Futbol

“CHelsi” futbolchisi Madridga ko'chib o'tishi mumkin
Markos Alonsoning Ispaniyaga qaytishi kutilmoqda.
“Atletiko M” “CHelsi” himoyachisi Markos Alonsoga ko'z tikdi. Madridliklar ispaniyalik futbolchini qishki transferlar vaqtida mavsum so'ngiga qadar ijaraga olishni ko'zlamoqda. “CHelsi” futbolchini qo'yib yuborishga tayyor. Faqat tomonlar futbolchining maoshini 50/50 ga to'lash borasida kelishib olishlari lozim.
Qayd etish joiz, Alonso “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning “CHelsi” bilan amaldagi kelishuvi 2023 yil yoziga qadar amal qiladi.
Havola :
Fikrlar