24 sen 16:01
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi" futbolchisi PSJga o'tishi mumkin
"Pari Sen-Jermen" "CHelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayokoga qiziqish bildirmoqda.
Parij klubi futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. "CHelsi" ham xavbekni qo'yib yuborishga rozi bo'lishi mumkin, sababi u Frenk Lempardning rejalariga kirmaydi.
Bakayoko "CHelsi"ga 2017 yilda "Monako"dan o'tgan edi. Transfer narxi esa 40 million eroni tashkil etgan.
Xavbek o'tgan mavsum mavsumni ijara asosida "Monako"da o'tkazdi. Bakayoko Franciya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : Le Parisien
Fikrlar