13 dek 13:41
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi" himoyachisi faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin
"CHelsi" himoyachisi Markos Alonso "Atletiko" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Matraschilar" chap qanot himoyachisiga ehtiyoj sezishmoqda va shu sababdan klub ispaniyalik fulbekni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Madrid klubi 28 yoshli o'yinchini boshida ijara asosida o'ynatmoqchi, keyinchalik "Atletiko" uni to'liq sotib oladi, xuddi Alvaro Morata bilan bo'lganidek.
Alonsoning "CHelsi" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum "ko'klar" safida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar