23 iyu 14:30
Yangiliklar
Futbol
“CHelsi” Kavani uchun 50 mln evro taklif qilyapti, PSJ esa 80 mln so'rayapti
Franciyaning PSJ klubi hujumchisi Edinson Kavani jamoasini o'zgartirib, Londonning “CHelsi” jamoasiga o'tishi mumkin.
“Aristokratlar” Franciya chempionlariga rasmiy taklif bilan chiqishga ulgurishdi. “CHelsi” rahbariyati urugvaylik futbolchining transferi uchun 50 mln evro to'lashga tayyor. PSJ esa 80 mln evro talab qilyapti.
Kavanining ketishi haqidagi xabar o'tgan mavsumda ham chiqqan edi. Katta ehtimol bilan ushbu transfer amalga oshadi. Edinson o'tgan mavsumda 32ta uchrashuvda maydonga tushib, 19ta gol kiritishga va 6ta golli uzatmani berishga muvaffaq bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar