21 iyu 21:28
Yangiliklar
Futbol

“CHelsi” Kepani Ter SHtegenga almashishni o'ylamoqda
Bu haqda Mundodeportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “aristokratlar” “Barselona” kiperi Mark Andre ter SHtegenni sotib olmoqchi. Klub mazkur transferga Kepa Arrisabalagani qo'shishga ham tayyor. SHu orqali, londonliklar germaniyalik darvozbon uchun to'lanadigan tovon pulidan malum qismini tejab qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, ter SHtegenning “Barsa” bilan amaldagi kelishuvi 2022 yilga mo'ljallangan. Rahbariyat u bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo posbon hozircha bunga ijobiy javob qaytarmadi.
Havola :
Manba : Mundodeportivo
Fikrlar