11 okt 17:18
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi" Kristensen bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi
"CHelsi" himoyachi Andreas Kristensen bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.
25 yoshli daniyalik futbolchining London klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "CHelsi" tez orada himoyachi bilan shartnoma uzaytirilganini elon qiladi.
Kristensen "CHelsi"ga 2013 yilda o'tgandi, ammo so'nggi ikki mavsumda "ko'klar"ning asosiy o'yinchilaridan biriga aylana oldi.
Havola :
Manba : twitter.com/FabrizioRomano
Fikrlar