22 jan 07:02
Yangiliklar

"CHelsi" o'z uyida bir kishi kam bo'lib qolgan "Arsenal"ni enga olmadi
Bu galgi derbi ham ajoyib tarzda o'tdi. Uchrashuv mobaynida 1 soatdan ko'proq vaqt mobaynila bir kishi ko'p bo'lib o'ynagan mezbonlar g'alabaga erisha olmadi. Jorjino va Aspilikuetaning goliga "Arsenal" safida Gabriel Martinelli va Ektor Belerin javob qaytardi. Yakunda Lempard va Arteta durangga rozi bo'lishdi.
CHelsi – Arsenal 2:2
"Stemford Brij" stadioni
Gollar: 1:0 – 28, penalti Jorjino, 1:1 – 63 Martinelli, 2:1 – 84 Aspilikueta, 2:2 – 87 Belerin.
CHelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Kristensen, Emerson, Aspilikueta, Jorjino, Kante (Maunt, 69), Villian (Batshuayi, 79), Kovachich (Barkli, 66), Xadson-Odoi, Abraxam.
Arsenal – Leno, Belerin, Mustafi, David Luiz, Ozil (Genduzi, 55), Djaka, Martinelli (Uillok, 90), Torreyra, Pepe (Xolding, 81), Lyakazett, Saka.
Ogohlantirishlar: Emerson (21), Kristensen (59), Genduzi (76).
CHetlatish: David Luiz (26).
Fikrlar