01 jan 15:01
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi" rekord darajada daromad ko'rdi
"CHelsi" rasmiy saytida klubning 2017/18 mavsumdagi moliyaviy hisoboti elon qilindi.
Londonliklarning daromadi bir yilda 397 mln. evrodan 487 mln. evroga (22,7%ga) oshdi. Ko'klar ilk bora 400 mln. funtlik (440 mln. evro) belgidan o'tdi. Futbolchilarni sotuvidan 124 mln. evro ishlagan klub o'z tarixida ilk bor toza daromadga ega bo'ldi - 68,1 mln. evro.
Mablag'ning yana bir muhim manbasi - translyaciyadan tushadigan daromad. Ular 45,8 mln. evrodan 224 mln. evroga etdi. Bu ko'proq London jamoasining CHempionlar ligasiga qaytganiga bog'liq. Ushbu hisobot UEFA tomonidan o'rnatilgan moliyaviy feyr-pley qoidasiga to'g'ri keladi.
Havola :
Fikrlar