08 jan 16:58
Yangiliklar
Futbol
"CHelsi" "Sevilya" futbolchisiga qiziqishni yo'qotmagan
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde "CHelsi"ning transfer maqsadi bo'lib qolmoqda.
"Aristokratlar" Kundening nomzodini bir yo'la ko'plab mudofaa chizig'idagi o'yinchilarning ehtimoliy ketishi sabab ko'rib chiqmoqda.
Londonliklar Andreas Kristensen, Sesar Aspilikueta va Antonio Ryudiger bilan xayrlashishi mumkin. Ularning "CHelsi" bilan shartnomalari yakuniga etadi.
Jyul 2019 yildan beri Andalusiya jamoasi tarkibida harakat qiladi. "Sevilya" Kundeni "Bordo"dan 25 mln evro evaziga xarid qilgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, transfer narxi esa 60 mln evroga baholanmoqda.
Havola :
Manba : Football.London
Fikrlar