12 may 20:41
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi" Tiagu Silvaning shartnomasini uzaytirish bandini faollashtiradi
"CHelsi" himoyachi Tiagu Silvaning shartnomani uzaytirish bandini faollashtirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, London klubi 36 yoshli braziliyalik futbolchi bilan bitimni 2022 yilning iyuniga qadar uzaytiradi.
Tiagu Silva "CHelsi"ga 2020 yilning avgustida erkin agent maqomida o'tgandi.
U joriy mavsum "ko'klar" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : twitter.com/FabrizioRomano
Fikrlar