19 avg 09:22
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi" yana bir futbolchisini ijaraga berib yubormoqchi
Himoyachi Emerson "CHelsi"ni tark etadi.
Futbolchi mavsum oxiriga qadar endi ijara asosida "Lion" sharafini himoya qiladi. Franciyaliklarda futbolchini xarid qilish huquqi bo'lmaydi.
Tomonlar transfer borasida kelishib olishgan. Bu bugun rasman elon qilinishi mumkin. "Lion" bosh murabbiyi Peter Bos Emerson 22 avgust kuni "Klermon"ga qarshi kechadigan o'yindayoq maydonga tushishini istamoqda.
Himoyachi o'tgan mavsumda APLda bor-yo'g'i ikkita o'yin o'tkazgan.
Havola :
Manba : L’Equipe
Fikrlar