21 may 16:08
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi"da Sarri istefoga chiqarilsa kim uning o'rnini egallaydi?
"Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Frenk Lempard "CHelsi"ga bosh murabbiy bo'ladi deb xabar bermoqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marcio.
Mauricio Sarri Evropa Ligasi finalidagi natijadan qatiy nazar istefoga chiqariladi. Oldinroq xabar berilganidek, "CHelsi" xo'jayini Roman Abramovich Sarridan muxlislarning ko'ngli to'lmayotganligi sababli uni istefoga chiqarmoqchi. Lempardning taklif etilishi esa muxlislarni xursand qilishi mumkin.
Jamoa afsonasi londonliklar tarkibida 2001 yildan 2014 yilgacha harakat qilgan. "Ko'klar" safida 648ta o'yin o'tkazib 211ta gol urishga erishgan. SHuningdek, "CHelsi" bilan uchta APL chempionligi va CHempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan.
Lempard o'tgan yilning may oyida "Derbi Kaunti"ni qabul qilib olgan va APL da ishtirok etish uchun pley-off bahslariga yo'llanma ola bilgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar