14 jan 12:47
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi"ni boshqarish uchun besh nafar nomzodning nomi malum qilindi
"CHelsi" rahbariyati bosh murabbiy Frenk Lempardning o'rniga nomzodlar qidirmoqda.
Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, klubdagilar besh nafar murabbiyni kuzatmoqda: Tomas Tuxel, Massimiliano Allegri, Brendan Rojers, Ralf Xazenxyuttl va Yulian Nagelsman.
Lempard 2019 yilning yozida "CHelsi" boshqaruvini qo'liga olgandi. Ayni damda "CHelsi" APLning 17 turidan keyin 9-o'rinda bormoqda. "Ko'klar" ECHLning 1/8 final bosqichida "Atletiko"ga qarshi o'ynaydi.
Havola :
Fikrlar