05 may 02:46
Yangiliklar
Futbol

CHempion "Barselona" ikki to'p farqi bilan yutqazdi
Ispaniya chempionatining 36-turida amaldagi chempion Barselona safarda Vigoning Selta klubi mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvda deyarli ikkinchi tarkib bilan harakat qilgan kataloniyaliklar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Ushbu g'alabadan so'ng vigoliklar turnir jadvalida 14-o'ringa ko'tarilib olishdi.
Selta – Barselona 2:0
«Balaydos» stadioni.
Gollar: 1:0 – 67 Maksi Gomes, 2:0 – 88, penalti Aspas.
Selta – Blanko, Malo, Kabral, Arauxo, Olasa, Yokushlu, Lobotka, Budebuz (Xosabed, 85), Bufal (Brais Mendes, 71), Aspas, Maksi Gomes (Beltran, 90).
Barselona – Sillessen, Vage, Vermalen, Umtiti, Malkom, Artur (Vidal, 62), Dembele (Kolyado, 6), Alenya, Boateng, Puch, Todibo (Murilo, 68).
Ogohlantirishlar: Vermalen (14), Umtiti (29), Bufal (31), Todibo (55), Boateng (72), Vidal (79).
Havola :
Fikrlar