So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

15 iyu 12:25
Yangiliklar

Boks/MMA

CHempion Jon Jons og'ir jarohat olgani haqida xabar berdi

Og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jons aftidan bahona qilishni boshlagan ko'rinadi.

Bir yildan ortiqroq vaqt mobaynida oktagonda ko'rinish bermayotgan chempion aralash yakkakurash muxlislarini ajablantirishda davom etmoqda. Jons ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga post joylab, og'ir jarohat olgani va buning natijasida hatto faoliyatini yakunlashi mumkinligina ishora qilgan.  

"Las-Vegas aeroportida barmog'imning yarmini chopib tashlashdi", - deya xabar yozgan Jons.

Keyinchalik amerikalik chempion bu xabarini o'chirib tashlagan va jarohat bo'yicha hech qanday izoh yoki tushuntirish bermagan. Jon Jons o'tgan yilning mart oyida uch yillik tanaffusdan so'ng faoliyatini qayta tiklagandi. O'shanda u Siril Ganni birinchi raundning o'zidayoq gilotina usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan va UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. O'tgan yilning noyabrida amerikalik yakkakurash ustasi hamyurti Stipe Miochichdan kamarini himoya qilishi kerak edi. Lekin mashg'ulot chog'ida ko'krak qafasining muskullarini shikastlab olgani bois jang bekor qilingandi. 

Jon Jonsning so'zlariga ko'ra, uning Miochichga qarshi jangi 9 noyabr kuni AQSHning  Nyu-York shahrida tashkil etiladigan UFC 309 turniri doirasida o'tkazilishi kerak. Lekin hozircha bu jang rasman tasdiqlanmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing