So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

13 sen 07:54
Yangiliklar

Boshqalar

CHempionlar aniqlandi, yosh istedodlar bo'y ko'rsatdi FOTO

Mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan Piskent tumani markazidagi aholi dam olish maskanida joylashgan kurash arenasida “Aziz va yagonamsan, jonajon O'zbekistonim” shiori ostida belbog'li kurash bo'yicha ananaviy Respublika turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 200 nafarga yaqin polvonlar to'qqizta vazn toifasida gilamda bellashishdi. 

Bellashuvlarning so'nggi natijalariga ko'ra quyidagi polvonlar o'z vazn toifalarida g'oliblikni tantana qilishdi. Demak birinchi o'rin sohiblari bilan tanishtiramiz: 

55 kg. Xolmirza Hasanboev (Toshkent sh.)

60 kg. Mardon Kimsanboev (Toshkent sh.)

66 kg. Komiljon Tojiboev (Toshkent v.)

73 kg. Husniddin Ro'ziev (Andijon) 

81 kg. Eldor Nematov (Toshkent v.)

90 kg. Rustam Umarov (Namangan) 

100 kg. Azamjon Anvarjonov (Andijon)

+100 kg. G'olib Ahmedov (Toshkent v.)

Mutloq vazn. G'olib Ahmedov (Toshkent v.)

Bellashuvlar yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar Piskent tuman hokimligi va O'zbekiston Belbog'li kurash federaciyasi tomonidan medal, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Ravshan DASTIROV, O'zbekiston Belbog'li kurash federaciyasi raisi: 

-  Har yili Mustaqilligimiz shodiyonalari arafasida o'tkaziladigan ananaviy turnirning joriy yilgisi ham yuqori saviyada o'tganligi, ko'p sonli muxlislar polvonlarimizning har bir chiqishini olqishlab turganliklari  Piskent tumanida ham belbog'li kurashning aholi orasida, ayniqsa yoshlar o'rtasida ommalashib ketganidan darak beradi. 

SHuningdek, turnirning chiroyli va ko'taringki ruhda o'tishida Piskent tumani hokimi SHuhrat Ahmedov va hokimlik mutasaddilariga, homiy tashkilotlarga federaciyamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Bugungi o'tkazilgan bellashuvda ham yosh istedodli polvonlarning ko'pligi bizni quvontirdi. Ular kelajakda milliy terma jamoamiz saflarida turib, xalqaro musobaqalarda Yurtimiz shani va obrusi uchun munosib izdosh bo'lishi bor haqiqat.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing