13 dek 09:16
Yangiliklar
Futbol

CHempionlar ligasi finali logotipining taqdimot marosimi o'tkazildi
Kecha Kiev shahrida 2017/18 yilgi CHempionlar ligasi final uchrashuvi logotipining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi, deya xabar bermoqda Ukraina futbol federaciyasi rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum ECHL final uchrashuvi 2018 yilning 26 may kuni Kiev shahridagi ”Olimpiyskiy” sport majmuasida o'tkaziladi.
SHuningdek, Ukraina poytaxti ayollar o'rtasidagi CHempionlar ligasi finaliga ham mezbonlik qiladi. Ushbu final o'yini logotipining ham taqdimoti bo'lib o'tdi.
Tadbirda UFF rahbari Andrey Pavelko, Kiev meri Vitaliy Klichko, final uchrashuvi elchisi, Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHevchenko ishtirok etishdi.
Havola :
Fikrlar