So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

28 iyu 19:19
Yangiliklar

SHaxmat

CHempionlarning uchdan ikki qismi o'zbekistonlik yosh shaxmatchilar bo'ldi FOTOGALEREYA

20-27 iyun kunlari poytaxtimizda shaxmat bo'yicha 7 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan maktab o'quvchilari o'rtasida XV Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Xalqaro shaxmat federaciyasi(FIDE)ning rasmiy turniri sanaladigan ushbu musobaqa Osiyo shaxmat federaciyasi hamda O'zbekiston hukumati ko'magida tashkil etildi. Musobaqada qitamizning 23 mamlakatidan kelgan qariyb 300 nafar yosh aql-idrok sohibi g'oliblik uchun dona surdi. 

Maktab o'quvchilari o'rtasidagi qita birinchiligi 7, 9, 11, 13, 15 va 17 yoshgacha bo'lgan jami 6 yosh toifasida o'tkazilib, 12 nafar chempiondan naqd 8(!)tasini hamyurtlarimiz tashkil qildi.

17.jpg

16.jpg

7 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida bangladeshlik Varsiya Xusbu 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'argan holda oltin medalga sazovor bo'ldi. 9 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar orasida esa o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida ham chempionlikni mehmonlar ilib ketishdi. O'g'il bolalar orasida eronlik Amir Jalolvand 7,5 ochko bilan g'olib chiqdi. Qizlar o'rtasida kechgan bellashuvlarda esa qo'shni Qozog'iston vakilasi Elnaz Kaliaxmet yuz foizlik natija bilan o'ziga xos sensaciya qayd etdi.

O'zbekistondan chetga ketgan yana bir oltin medalni turkmanistonlik Azat Nurmamedov qo'lga kiritdi. 17 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasidagi bahslarda ishtirok etgan ushbu yosh shaxmatchi 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg'ardi va g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi.

14.jpg

3.jpg

Qolgan barcha oltin medallarni o'zbekistonlik yosh aql-idrok sohiblari qo'lga kiritdi. Jumladan, o'g'il bolalar orasida o'z yosh toifalarida Akbar Allaberganov (7 yosh), Mirabror Mirpo'latov (11 yosh), Muhiddin Madaminov (13 yosh), Samandar SHermuhamedov (15 yosh), qizlar o'rtasida esa Afruza Hamdamova (11 yosh), Umida Omonova (13 yosh), Yuliya Xegay (15 yosh) hamda Ozoda Husainova (17 yosh) shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi. Mazkur natija bilan O'zbekiston terma jamoasi azolari umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

5.jpg

6.jpg

7.jpg

10.jpg

11.jpg

12.jpg

13.jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing