20 mar 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA

"CHendler Pimblettni ikki raundda nokaut qilishi mumkin" - CHarlz Oliveyra
CHarlz Oliveyra Maykl CHendler va Peddi Pimblett jangi uchun taxmin bildirdi.
"Maykl CHendler – juda tajovuzkor va "portlaydigan" jangchi. Unga hurmatim baland.
Peddi Pimblett – o'z kuchiga ishonadigan yosh jangchi. U yaxshi harakat qiladi, ajoyib jiu-jitsu mahoratga ega va mikrofon oldida ham yaxshi.
Ammo tajriba muhim ahamiyatga ega. Dastlabki ikki raundda CHendlerda nokaut uchun imkoniyat bo'ladi. Agar bahs uchinchi raundgacha o'tsa, CHendler qiynaladi deb o'ylayman", - dedi UFC’ning sobiq chempioni CHarlz Oliveyra.
Maykl CHendler va Peddi Pimblett o'rtasidagi jang 13 aprel kuni Mayamidagi UFC 314 turnirida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar