02 okt 07:45
Yangiliklar

CHenduda chempion bo'lgan Istomin endi qaysi turnirda qatnashadi?
Hamyurtimiz musobaqa davomida reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan raqiblarini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgandi. Bu Istomin uchun faoliyatidagi ikkinchi sovrin edi.
Ko'pchilikni Denisning endi qaysi turnirda ishtirok etishi qiziqtirishi tabiiy. Mamlakatimizning birinchi raketkasi bu hafta xordiq chiqaradi. U 9 oktyabr kuni asosiy to'r bahslari boshlanuvchi Toshkent “CHellenjer” turnirida mahoratini namoyish etadi.
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji kortlarida o'tkaziluvchi turnirning sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. O'tgan yilgi turnir finalida Istomin mag'lubiyatga uchrab, Toshkent “CHellenjer”i vice-chempioniga aylangan edi.
Fikrlar