27 may 10:41
Yangiliklar
Xokkey
CHexiya - 14 yillik tanaffusdan so'ng yana jahon chempioni!
CHexiyaning Praga va Ostrava shaharlari mezbonlik qilgan xokkey bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Poytaxt Praga shahridagi "O2 Arena"da o'tgan final uchrashuvida CHexiya terma jamoasi SHveycariyaga qarshi muzga chiqdi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. David Pastrnyak va David Kempf kiritilgan shaybalarga mualliflik qilishdi. CHexlar so'nggi bor 2010 yilda jahon chempioni bo'lishgandi.
Jahon chempionatining bronza medali uchun kechgan uchrashuvda esa SHveciya terma jamoasi endilikda sobiq jahon chempioni Kanadani mag'lubiyatga uchratdi. O'tgan yili jahon chempioni bo'lgan Kanada bu safar medalsiz qoldi.
Malumot uchun, endi hisob bo'yicha 88-jahon chempionati 2025 yilda SHveciya va Daniya davlatlarida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar