22 sen 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA
CHikago hokimi 20 sentyabrni Belal Muhammad kuni deb elon qildi + FOTO
AQSHning CHikago shahri meri Brendon Jonson 20 sentyabr sanasini shaharda Belal Muhammad kuni nishonlanishini elon qildi.
Belal yarimo'rta vazn (77 kg) toifasida amaldagi UFC chempioni bo'lib turibdi. Muhammad 36 yoshda bo'lib, 2012 yildan beri professional MMAda faoliyat yuritib kelmoqda. 2016 yildan UFC jangchisi. U UFC oktagonida 15 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan.
Hozircha so'nggi jangini Manchester (Angliya) shahrida tashkil etilgan UFC 304 turniri doirasida angliyalik Leon Edvardsga qarshi o'tkazib, raqibidan yarimo'rta vazndagi UFC chempionlik kamarini tortib olgandi. Jang to'liq besh raund davom etib, Belalning ochkolar hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar