25 mar 07:46
Yangiliklar
Futbol

CHili termasi so'nggi daqiqada gol urib, SHveciyani mag'lub etdi
CHili termasi Stokgolmdagi “Frends-Arena”da mezbonlar- SHveciya terma jamoasidan ustun keldi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida Arturo Vidal hisobni ochgan bo'lsa, oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas mezbonlar muvozanatni tiklashdi. Bellashuvning 90-daqiqasida mehmonlar g'alaba to'pini kiritshdi. Darvozabondan qaytgan to'pni Marko Bolados mezbonlar darvozasiga aniq yo'lladi – 1:2.
Eslatib o'tamiz, SHveciya terma jamoasi Rossiya o'tadigan JCHda ishtirok etadi, CHili esa musobaqaga yo'llanma ololmagan.
Havola :
Fikrlar