22 iyu 19:54
Yangiliklar
CHillada o'tkazilgan “Toshkent yozi” turnirining g'olib va sovrindorlari aniqlandi FOTOREPORTAJ
O'n kun davomida 250 nafarga yaqin shaxmatchi “A” va “V” guruhlariga bo'lingan holda g'oliblik uchun dona surdi. “A” guruhida navoiylik Sitora Saparova 9 imkoniyatdan 8 ochko to'plagan holda g'oliblik shohsupasining eng yuqori pog'onasidan joy egalladi.
Buxorolik Maxsum Bozorovga ikkinchi o'rin nasib etdi. U barcha o'yinlar natijasiga ko'ra 6,5 ochkoga ega bo'ldi. Kuchli uchlikka 6 ochko jamg'argan poytaxtlik Muhiddin Madaminov yakun yasadi.
“V” guruhida esa Zilola Aktamova, Islombek Xolmamatov (Navoiy), Umar Otaxonov, Zafar Zoyitjonov (Toshkent), Asadbek Qurbonboev (Xorazm), Akobir Jo'raev (Qashqadaryo) o'z guruhida g'olib va sovrindorlar safidan joy egalladi.
Musobaqa g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Fikrlar