So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

16 fev 15:49
Yangiliklar

Boshqalar

CHim ustida xokkey federaciyasi eng yaxshilarni taqdirladi

Poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasi tomonidan tadbir tashkil etildi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi vakillari, O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasi mutasaddilari, federaciyaning viloyat bo'limi vakillari, sportchilar, hakamlar, murabbiylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Konferenciya davomida federaciya raisi Bahodir Ahmedov 2018 yilda tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida malumot berdi. SHuningdek, 2019 yil uchun rejalar haqida malum qildi. Unga ko'ra, yaqin vaqtlarda poytaxtimizda terma jamoa uchun yangi baza ish boshlaydi. Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida ham chim ustida xokkey bilan shug'ullanish uchun sport bazalari bunyod etiladi. SHu oy oxirida Buxoroda ana shunday sport bazasining ochilishi kutilmoqda.

«Bugungi kundagi eng asosiy maqsadimiz Tokio 2020 Olimpiadasiga yo'llanma olishdir. Umid qilamanki, biz mazkur vazifani uddalay olamiz. Milliy olimpiya qo'mitasi bugungi kunda sportchilar uchun etarli shart-sharoitlar yaratib bermoqda, o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etilmoqda. Buning uchun MOQqa minnatdorchilik bildiraman», – dedi Bahodir Ahmedov.

SHuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov sportchilarimizni Tokio 2020 Olimpiadasiga tayyorlash bo'yicha ishlab chiqilgan strategiya haqida batafsil gapirib berdi.

So'ngra, 2018 yilda o'zini ko'rsata olgan sportchilar, murabbiylar, hakamlar va viloyat bo'limlari xodimlarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Sizga yaxshi malumki, O'zbekiston hali Olimpiya o'yinlarida jamoaviy sport turlari bo'yicha bahslarda ishtirok etmagan. Umid qilamizki, chim ustida xokkey bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari ushbu nohush ananani buzib, bu borada o'zbek sporti tarixida birinchi bo'ladilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing