22 mar 18:57
Yangiliklar

China Cup-2019. O'zbekiston yirik hisobda Urugvayga mag'lub bo'ldi
Uchrashuvda katta tashabbusga ega bo'lgan urugvaylik futbolchilar yirik 3:0 hisobida zafar quchishdi. Edison Kavani va Luis Suaressiz harakat qilgan Urugvay ortiqcha qiyinchiliksiz final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi Ektor Kuper shogirdlari uchinchi o'rin uchun kechadigan uchrashuvda mezbonlar - Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. CHin yurti vakillari kecha yarim final bahsida kutilmaganda Tailand terma jamoasiga 0:1 hisliba imkoniyatni boy berib qo'yishgan edi.
Urugvay - O'zbekiston 3:0
Gol: Pereyro 5, Stuani 24, 82.
Bosh hakam: Milorad Majich.
Urugvay: Muslera, Kaseres, Godin (Koates 63), Ximenes, Laksalt (Gonsales 61), Nandes (Rodriges 77), Vesino, Bentankur (Torreyra 70), Lodeyro (Sarachchi 61), Stuani (Gomes 83), Pereyro.
O'zbekiston: Quvvatov, Sayfiev, Ismoilov, Krimec, Hoshimov, Ahmedov, SHukurov, Sidiqov (Aliboev 72), Masharipov, Hamdamov (Mirzaev 65), SHomurodov (Bikmaev 65).
Ogohlantirishlar: Hoshimov 59, Sayfiev 63, Masharipov 79, Ximenes 86.
Fikrlar