22 mar 11:30
Yangiliklar
Og'ir atletika

CHirchiq og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi
Toshkent viloyatining CHirchiq shahri yurtimizning eng kuchli og'ir atletikachilarini chorlaydi.
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 6-13 aprel kunlari kattalar va U20 yosh toifasidagi O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqalar may oyida Xitoyda o'tadigan Osiyo chempionati oldidan asosiy jamoamizning tayyorgarligini ko'zdan kechirish imkoniyatini taqdim etadi.
SHuningdek, 6-11 aprel kunlari “Uzbekistan open” xalqaro turniri o'tkazilib, unda qo'shni mamlakatlardan tashrif buyuradigan sara polvonlar bahs olib borishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar