So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

19 noy 08:34
Yangiliklar

Karate

CHirchiqda karate-do bo'yicha xalqaro musobaqa g'oliblari aniqlandi

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning ITKF karate-do turi bo'yicha barcha yosh toifalari o'rtasida Xalqaro turnir o'tkazildi.

Mazkur turnirning tantanali yopilish marosimida Xalqaro karate federaciyasining (ITKF) Osiyo va Okeaniya mintaqasi bo'yicha Prezidenti Ibrahim al-Bakr janoblari, O'zbekiston (ITKF) karate-do federaciyasi prezidenti SHuhrat Kushmuratov hamda Universitet rektori Rashid Matkarimov qatnashdi. 

Ushbu xalqaro turnirda jami 300 nafar 6-8 yosh – bolalar va qizlar, 9-13 yosh – yoshlar va qizlar, 14-18 yosh – o'smirlar va o'smir qizlar, 19-21+ kattalar va ayollar, 40+ faxriylar ishtirok etdi. Uch kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda barcha toifalar bo'yicha g'oliblar saralandi. 

Umumiy hisobda 1-o'rin Toshkent viloyati, 2-o'rin Samarqand viloyati, 3-o'rin Jizzax viloyati va Toshkent shahri sportchilari jamoalariga nasib etdi. 

– Hozirda 5 ming nafardan ziyod sportchilar ushbu sport turi bilan shug'ullanib kelmoqda, – deydi ITKF karate-do Prezidenti SHuhrat Kushmuratov. – O'zbekiston bundan oldin ham 1 marta jahon va 4 marta Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan. Muhimi, bu kabi musobaqalarda yurtimiz sportchilari mahoratini ko'rsatib, yaxshi natijalarni qayd etmoqda. 

– Keyingi yillarda mamlakatimiz sport sohasida jahon arenalarida katta yutuqlarga erishmoqda, – deydi O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov. – Albatta, bu yurtboshimiz tomonidan sohada yaratilayotgan sharoitlar natijasidir.

Universitetimiz ITKF karate-do Federaciyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi. Kelajakda ushbu sport turining qamrovini yanada kengaytirishda o'z hissamizni qo'shamiz degan umiddaman. 

Tantanali tarzda o'tkazilgan ushbu xalqaro turnirning yopilish marosimida barcha g'olib sportchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing