So’nggi yangiliklar

15:17Мареска АПЛ рекордини ўрнатди 0 14:46Бугун уч нафар боксчимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлайди 0 14:15Мадримовнинг вазнидаги Фундора WBC чемпионлик камарини ҳимоя қилди 0 13:44Жаҳон чемпионатида йўқотишсиз одимлаяпмиз. Беш нафар боксчимизнинг барида ғалаба! 0 13:13Бекхэм ФИФА президентлигига номзод бўлиши мумкин 0 12:42Полина Кудерметова Ningbo Open турнирининг асосий тўрига йўл олди 0 12:11Aktau Asian Open 2026. Бугун 14 нафар дзюдочимиз татамига чиқади. Вакилларимизнинг бари қозоғистонликларга қарши баҳс олиб боради 0 11:40Нокаутлар оқшомига айланган UFC Fight Night 291 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 11:09Камолиддин Тожиев: "Ҳакамлар "Пахтакор" зарарига истаганча нотўғри қарорлар чиқаришмоқда" 0 10:38Дияр Нургожай UFC'даги кейинги жангини Қатарда ўтказади 0 10:17Ўн иккита "финиш" қайд этилган UFC Fight Night 291 турнирнинг барча натижалари 0 09:46Aktau Asian Open 2026. Биринчи кун 6 та медаль қўлга киритдик, 3 таси олтин! (+ФОТО) 0 09:15Мессининг дубли "Интер Майами"га "Атланта"ни мағлуб этишга ёрдам берди 0 08:44Жалолов рингга чиққан оқшомнинг асосий жанги иккинчи раундда тўхтатилди 0 08:13Хоакин Баклини нокаут қилишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

09 fev 13:47
Yangiliklar

Boshqalar

CHirchiqda O'zbek jang sanati bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tazildi

Teglar :  O'zbek jang
5-8 fevral kunlari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida milliy sport turimiz -O'zbek jang sanati bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi hamda O'zbek jang federaciyasining 2026 yil taqvim-rejasidagi mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan kelgan 1000 nafardan ziyod sportchilar O'zbek jang sanatining "Bellashuv" yo'nalishi bo'yicha kuch sinashishdi.

Yuqori saviyada, murosasiz va shiddatli tusda o'tgan musobaqaning birinchi kuni tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda O'zbek jang sanati federaciyasi raisi Po'lat Usmonov, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining prorektori SHerzod Mirzanov va boshqalar ishtirok etib, sportchilarga omad tilashdi.

Yakuniy natijalariga ko'ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni Toshkent viloyati jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni Andijon va Buxoro viloyati jamoalari egalladi. Uchinchi o'rin Sirdaryo hamda Jizzax viloyati sportchilariga nasib etdi.

Barcha vazn toifalarida kuchli uchlikdan joy olgan atletlar medal va diplom bilan taqdirlanishdi. SHuningdek, musobaqa oldidan federaciya rahbari Po'lat Usmonov boshchiligida 500 nafarga yaqin O'zbek jang sanati murabbiylari uchun o'quv-amaliy seminar ham tashkil etildi.

Takidlash joiz, O'zbek jang sanati sport turi bo'yicha joriy yil nufuzli xalqaro musobaqalar o'tkaziladi va mazkur chempionat yosh toifalariga ko'ra, terma jamoalarga saralash vazifasini o'tab berishi bilan ham ahamiyatli bo'ldi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing